2023-yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tadbirda tuzilma doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Joriy yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHTning 16-sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.